O’limni eslash kitobi

O’limni eslash kitobi

Iqbol

Available on Google Play
50,000+ installsFreeBooks & Reference

Updated Jan 5, 2026 · v4.8

CompareView on Google Play
Screenshot 1
Screenshot 2
Screenshot 3
Screenshot 4

Ihyoi ulumid-din o'limni eslash kitobi

Ne-ne bahodirlarni yer tishlatgan, qanchadan-qancha kisrolarni yakson etgan, o‘limni mutloq unutgan qaysarlarning orzu-umidlarini yo‘kqa chiqargan zot — Ollohga hamd bo'lsin. Darhaqiqat, “dunyoga ustunman” degan sonsiz bahodirlarga, kisroyu qaysarlarga va'da haq bo'ldi. Ollohularni tubsiz chohga qulatdi. Bas, ular qasrlardan qabrlarga, nur balqqan beshiklardan qop-qorong‘u go‘rlarga ko‘chdilar, ayollar va bolalarni erkalash lazzatidan mahrum bo‘lib, hasharot va ochofat kurtlarga yem bo‘ldilar. Taom va sharob ne’matidan kesilib, qaro tuproqqa qorildilar. Ulfatlarning huzurbaxsh bazmidan uzilib, dahshatli yolg‘izlik, so‘ngsiz bezovtalik ihra qoldilar. Aytingchi, dunyoda o‘limdan saqlaydigan biror qal’a yoki kuch bormi?! Bor bo'lsa, u bilan himoyalaning, qani, o‘zingizni o‘limdan to‘sib ko‘ring-chi! “Biz ulardan ilgari ham ancha avlodni halok qilganmiz. Siz ulardan birortasini ko‘rurmisiz yoki ovozlarini eshiturmisiz?!” (Maryam surasi, 98-oyat)2 . Buyuklik va qudratda yagona bo‘lgan Olloh shirk va nuqson kirlaridan pokdir. U zot baqoning egasi, Undan o‘zgasi fanodir. Boqiy zot foniylarga baxt ato etdi. O'limni muttaqiylar uchun najot va uchrashuv va'dalashilgan manzil qildi. Qabr esa badbaxtlar uchun zindon, to yaxshilik yomonlikdan ajraladigan jazo kunigacha tor xibsxona bo‘ldi. Barcha ne’matlarni ato qilguvchi - Olloh, so‘ngsiz qahr bilan intiqom oluvchi ham Olloh. Osmonlaru yerda U zotga shukrlar ko‘p. Avvalu oxir U zot uchun hamdlarga to‘la! Ochiq mo‘jizalari bilan bani Odam ihra mumtoz janobi pang‘ambarimiz Muxammad alayhissalomga, uning ahli baytlari hamda ashobiga salovotu salomlar bo‘lsin! O'lim - qismati, kabr - qarorgohi, tuprok - to'shagi, Munkar va Nakir - suxbatdoshi, qurt-qumursqalar - ulfati, yer osti - xosxonasi, mahshargoh - va’dalashgan joyi, jannat yo do‘zax - so‘nggi manzili bo‘lgan har bir kishining fikru zikri - o‘lim, tadbiru tadorigi xam o‘lim uchun bo‘lishi tabiiy. Uning butun diqqat e'tibori o'limga qaratilgan, qo'rqinch va quvonchi ham o‘limdan, u o‘limga muntazir. U nafsini o‘liklar qatorida sanab, o‘zini qabrda ko'radi. Chunki keluvchi narsa doimo yaqin, kelmaydigani esa uzoqdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, dedilar: “Nafsini tergaydigan va o‘limdan keyingi ishlarni o‘ylab amal qiladigan kishi asl ziyrakdir". Qalbda neki ko‘p yod etilsa, u narsaning kelishiga hozir turish oson kechadi. Nimanidir qayta-qayta eslab turish uchun esa, uni esga soluvchi ishoratlarga doimo diqqatni qaratish, unga rag‘bat uyg‘otuvchi narsalar xususida jiddiy mulohazani tark etmaslik lozim.. Kitob muallifi: Imom G'azzoliy Manba: www.ziyouz.com kutubxonasi

Released
May 17, 2020

6 years on Google Play

Version
4.8
Updated
Jan 5, 2026
Content Rating
Everyone
Installs
50,000+
Developer
Iqbol
Website
https://bfa93a1b7.app-ads-txt.com
Email
bekmuhamads@gmail.com
In-app purchases
No

This app isn't currently appearing in any tracked top charts.

Rating breakdown

5
0
4
0
3
0
2
0
1
0