Quroni karim manolar tarjimasi

Quroni karim manolar tarjimasi

Davolashishi

Available on Google Play
10,000+ installsFreeBooks & Reference

Updated Oct 20, 2023 · v2.0

CompareView on Google Play ↗
Screenshot 1
Screenshot 2
Screenshot 3

Abdulaziz Mansur va Alouddin Mansur tarjimalari

QUR’ONI KARIM Ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur Mas’ul muharrir: Hamidulla Karomatov TAHRIR HAY’ATI A’ZOLARI: Abdurashid qori Bahromov, Rahmatulloh qori Obidov, Ne’matilla Ibrohimov, Hayriddin Sultonov,Hamidulla Karomatov, Najmiddin Komilov, Zuhriddin Husniddinov, Zohidjon Islomov, Botirbek Hasanov. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining qarori va Toshkent islom universiteti Ilmiy kengashi tavsiyasiga binoan nashr etildi. TARJIMA HAQIDA Ma’lumki, Qur’oni karim Alloh taolo tomonidan Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida elchi farishta –Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og‘zaki nozil qilingan. Islom dini ta’limotining asosiy manbalari (Qur’on, Sunnat, Ijmo‘, Qiyos)ning birinchisi sanalmish bu Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo‘’jizaligi ham uni arab tilida o‘qib, fikr yuritgandagina namoyon bo‘ladi. Boshqa har qanday tilga o‘girilganda Qur’on tiliga xos xususiyatlar, nazmiy uslub, maftunkor ohang va ruhiy ta’sir o‘z kuchini yo‘qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali lug‘atga boy bo‘lmasin, oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo‘lmas haqiqat. Arab tilida o‘qib anglash esa, hammaning ham imkon darajasida emas. Hatto arablarning o‘zlari ham Qur’on oyatlarini to‘la tushuna olmasliklarini tan oladilar. Ulug‘ sahobalar ham ko‘pdan-ko‘p oyatlar mazmunida bahslashib, bir yechimga kelisha olmay, Rosul alayhissalomning o‘zlaridan so‘rab, aniqlab olganlari to‘g‘risida sahih hadislar mavjud. Qur’oni karimni boshqa tillarga tarjima qilish harakati ancha qadimdan boshlangan. Ayniqsa, arab bo‘lmagan halqlarning islomga kirishlari bu harakatga asosiy sabab bo‘lgan. Garchi islom ulamolari oyatlarni har qanday tilda sharhlab tafsir qilishga ruxsat bersalar-da, biroq so‘zma-so‘z tarjima qilib yozishga mutloqo izn bermaganlar, zero tarjimani yozib qo‘yishlik bilan Qur’on mazmuni shundangina iborat degan iddao bo‘ladi, deb uning mas’uliyatidan qo‘rqqanlar. Shuning uchun ajdodlarimiz merosida o‘zbekcha tafsirlar ko‘p. Ammo sof ona tilimizdagi tarjimalarni deyarli uchratmaymiz. Keyingi asrlarda Qur’oni karim jahon xalqlarining ko‘pgina tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, o‘zbek tilida ham bir qancha tarjimalar paydo bo‘ldi. Endilikda bu jarayon yanada kuchayib borishi tabiiy. Bas, shunday ekan, bu sohada kundan-kunga taraqqiyot sari intilish maqsadga muvofiqdir. Avvalgi tarjimalarda uchragan tarjimalarda uchragan kamchiliklarni takrorlamagan holda, tobora sifatli tarjima va tafsirlarni ta’lif etish yangi ulamolarining sharafli vazifalaridandir. Binobarin, shu jarayonni davom ettirishdek mas’uliyatni zimmamizga olar ekanmiz, bunda mutlaqo xato nuqsonlar yo‘q, degan fikrdan yiroqmiz. Beayb-Parvardigor.

Released
July 16, 2022

4 years on Google Play

Version
2.0
Updated
Oct 20, 2023
Content Rating
Teen
Installs
10,000+
Developer
Davolashishi
Website
N/A
Email
barakaislom22@gmail.com
In-app purchases
No

This app isn't currently appearing in any tracked top charts.

Rating breakdown

5★
0
4★
0
3★
0
2★
0
1★
0