Updated Jun 22, 2026 · v1.0.8
Ta'lim markazlari uchun o'qituvchi ilovasi — guruh, davomat, baho, vazifa
EduKit O'qituvchi — ta'lim markazlari CRM tizimi bilan to'liq integratsiyalashgan mobil ilova. Yoshlar markazlari, til kurslari, IT akademiyalari, repetitorlik markazlari va boshqa kursli muassasalarda dars beradigan o'qituvchilar uchun mo'ljallangan. GURUHLAR VA O'QUVCHILAR • Guruhlaringiz va o'quvchilar ro'yxatini ko'rish • O'quvchining qarzdorlik holatini rangli ko'rsatkich bilan tezda aniqlash • Izoh qoldirish, tanga berish (mukofotlash), SMS yuborish, vaqtinchalik akkaunt yaratish DAVOMAT • Har dars uchun davomatni 3 holat bilan (Keldi / Kechikdi / Kelmadi) belgilash • Qo'shimcha darslar uchun alohida davomat tab • Davomat foizi avtomatik hisoblanadi (kechikish vazni bilan, markaz sozlamasi bo'yicha) UY VAZIFALARI VA IMTIHONLAR • Uy vazifa yaratish, deadline va dars sanasi qo'yish, biriktirma yuklash • Topshiriqlarni tekshirish — "Tasdiqlandi", "Qayta ishlash", "Keyin topshiradi" • Imtihonlarni tashkillashtirish va o'quvchilar natijalarini kiritish • 6 xil baholash formati: foiz, 5 ballik, o'tdi/o'tmadi, yarim ball, dars asosida, maxsus REYTING VA STATISTIKA • Guruh ichidagi o'quvchilar reytingi (akademik + davomat asosidagi yagona ball) • Bugungi darslar va eng faol guruhlaringiz tezkor ko'rinishi JADVAL VA VAZIFALAR • Haftalik dars jadvali — kun bo'yicha guruhlangan • Shaxsiy vazifalar boardi (4 status: bajarilishi kerak, jarayonda, tekshiruvda, bajarildi) • Eslatmalar va deadline kuzatuvi OYLIK • Joriy oyning maoshi tafsiloti (asos, bonus, nalog, chegirma, sof summa) • Har guruh bo'yicha taqsimlash PROFIL VA SOZLAMALAR • "Profil" bo'limi — shaxsiy ma'lumotlar, sozlamalar, oylik, analitika • Parolni o'zgartirish, ish vaqti rejimi sozlamasi • Yorug' va qorong'u tema — qurilma sozlamasiga avtomatik moslashadi BILDIRISHNOMALAR • Real vaqtda push bildirishnomalar • O'quvchi, baholanmagan vazifa, qo'shimcha dars uchun eslatma • Qurilma ovoz/jim rejimiga mos QO'SHIMCHA • O'zbek, rus va ingliz tillari • Internet aloqasi yo'qligini avtomatik aniqlash • Mobil va planshet ekranlari uchun moslashtirilgan Ushbu ilova faqat EduKit CRM tizimidan foydalanuvchi ta'lim markazlari xodimlari uchun. Markazingiz EduKit'da ro'yxatdan o'tgan bo'lishi shart. Akkaunt yaratish uchun markaz administratoriga murojaat qiling.
0 years on Google Play
This app isn't currently appearing in any tracked top charts.