Updated Jul 22, 2026 · v1.4.4
Namoz ibodatini o‘rganuvchilar uchun ilova
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning kitoblari asosida tuzilgan ushbu ilovada tahorat qilish va namoz o‘qishni o‘rganish uchun eng zarur qoidalar keltirilgan bo‘lib, yangi namozxonlar, yoshlar o‘rganishi uchun qulaydir. Namoz o‘qish tartiblari harakatli suratlar bilan berilgan. Suralar va duolarning arabcha matni, ma’no tarjimasi va ovozli shakli ham berilgan. Shuningdek, namoz va tahoratga oid bilimlarni endi o‘rganayotgan kishilarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan savollarga javoblar ham keltirildi. Ilovada quyidagi bo‘limlar bor: – Tahorat; – G‘usl; – Tayammum; – Erkaklar namozi; – Ayollar namozi; – Suralar; – Duolar; – Savol-javoblar. Manbalar ro‘yxati: 1. Qur’oni Karim. 2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi». 3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «Hadis va Hayot» 4, 5, 6, 7-juzlar. 4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «Kifoya». 5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «Mo‘minning me’roji». Tuzuvchi: G‘iyosiddin Yusuf Muharrir: Hasan Saidmurod Rassom: Najotbek Latif Dizayner: Ibrohim Abror Sura va duolarni Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajid o‘qigan.
7 years on Google Play
This app isn't currently appearing in any tracked top charts.