Updated Mar 13, 2026 · v3.1.7
«Imom Navaviy kitoblari» ilovasi
«Imom Navaviy kitoblari» ilovasi Islom olamining mashhur muhaddisi, faqih va alloma Imom Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy qalamiga mansub eng mashhur ikki asarni o‘z ichiga oladi: • «Riyozus-solihin sharhi»; • «Arbain» (40 hadis); • «Al-Azkor». «Riyozus solihin» – Qur’on va sahih hadislarga asoslangan, musulmonlarni iymon, axloq va hidoyat yo‘lida tarbiyalashda yuksak ahamiyatga ega asar bo‘lib, u butun Islom olamida keng tan olingan. Kitobni ustoz Anvar Ahmad arab tilidan o‘zbekchaga tarjima qilib, har bir hadisni mufassal sharh va izohlar bilan boyitdilar. Sharhlar tayyorlashda alloma Shamsiddin Ahmad ibn Sulaymon ibn Kamol poshsho Rumiy Hanafiyning «Favoidul mutri’atul hiyoz fiy sharhi kitabir Riyoz» asaridan keng foydalanilgan. Arabiy matn «Darul minhaj» nashriyotining 7 ta qo‘lyozmaga asoslangan 2018 yilgi nashridan olindi. Imom Navaviyning yaqin shogirdi Ibn Attor qo‘lyozmasi ham shular jumlasidandir. «Arbain» esa Islom ta’limotining asosiy qoidalarini jamlagan 40 ta muhim hadisdan iborat bo‘lib, har bir musulmon uchun yo‘l-yo‘riq va axloqiy qo‘llanma vazifasini o‘taydi. Ilova orqali bu ikki asarni o‘zbek tilidagi tarjima va sharhi bilan o‘qish imkoniga egasiz.
2 years on Google Play
This app isn't currently appearing in any tracked top charts.