Updated Oct 30, 2025 · v1.1.1
Hozirgi kunda ilmga chanqoq yoshlar uchun izohli lug‘at, ma’nodosh so'zlar
Hozirgi kunda ilmga chanqoq yoshlar uchun izohli lug‘at, ma’nodosh so‘zlar lug‘ati, antonimlar lug‘ati, darajalanish lug‘ati, eskirgan so‘zlar lug‘ati, shevaga xos so‘zlar lug‘ati, iboralar lug‘ati, so‘zlarning birikuvchanlik lug‘ati, uyadosh so‘zlar lug‘ati, shakldosh so‘zlar lug‘ati, so‘z tarkibi lug‘ati, talaffuzdosh so‘zlar lug‘ati, shuningdek, har bir fan bo‘yicha alohida terminologik lug‘atlar va qomuslar yaratish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Shu boisdan biz o‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar izohli lug‘atini tuzishni maqsad qilib oldik. O‘zbekiston hududida hanuzgacha o‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar izohli lug‘ati mobil ilovasining mukammalroq variantini yaratilmaganligi; O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar izohli lug‘ati mobil ilovasini yaratib o‘quvchi (abituriyent) va talabalarga so‘z boyliklarini oshirishda qulaylik va vaqtdan tejamkorlikni yaratib berish; Ushbu lug‘atning qulayligi shundan iboratki, o‘quvchi yoki talaba biror bir o‘zlashma so‘zni topish uchun turli xil lug‘at kitoblarni izlab chiqishiga hojat qolmaydi, o‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar izohli lug‘ati mobil ilovasi orqali so‘zni qidiruv tugmasini bosgan holda tez va oson topishi mumkun. Ushbu lug‘atda ko‘plab tillardan: arabcha, fors-tojikcha, yunoncha, lotincha, ruscha, inglizcha fransuzchadan kirgan so‘zlar o‘rin oladi.
1 year on Google Play
This app isn't currently appearing in any tracked top charts.