Updated Jul 28, 2026 · v1.0.9
Qo‘qon davlat universiteti talabalari uchun rasmiy mobil ilova
CAMS — Qo‘qon davlat universitetining rasmiy mobil ilovasi bo‘lib, talabalarga akademik va ma’muriy xizmatlardan tez va qulay foydalanish imkonini beradi. Ilova orqali talabalar o‘z o‘quv faoliyatlarini mobil qurilma orqali boshqarishlari mumkin. Asosiy imkoniyatlar: • Talaba login orqali xavfsiz kirish • Shaxsiy profil ma’lumotlarini ko‘rish • Dars jadvali va akademik ma’lumotlarga kirish • Davomatni kuzatish • Amaliyot davomatini Face tasdiqlash orqali belgilash • Lokatsiya asosida “Keldim” funksiyasi • Turli ariza va murojaatlarni yuborish • Universitet yangiliklari va e’lonlarini olish Ilova foydalanuvchi ma’lumotlarini himoyalangan aloqa protokollari orqali uzatadi va ma’lumotlar universitet siyosatiga muvofiq qayta ishlanadi. Kamera va lokatsiya ruxsatlari faqat davomatni tasdiqlash maqsadida ishlatiladi. CAMS talaba va universitet o‘rtasidagi raqamli aloqani soddalashtiradi hamda zamonaviy “raqamli kampus” muhitini yaratadi.
0 years on Google Play
This app isn't currently appearing in any tracked top charts.